6 Fevral 2022 yil 497

Yuk avtomashinasi haydovchisi uxlab qolishi natijasida, rul boshqaruvini yoʻqotib, beton toʻsiqqa urilib ketishi natijasida agʻdarilib ketgan

#YTH

6-fevral kuni Kattaqoʻrgʻon tumani hududidan oʻtuvchi M-37 avtomobil yoʻlining 84-km.da, “Toshkent-Samarqand” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan yuk avtomashinasi haydovchisi uxlab qolishi natijasida, rul boshqaruvini yoʻqotib, beton toʻsiqqa urilib ketishi natijasida agʻdarilib ketgan.

Hodisa natijasida avtotransport vositasi va ichidagi yuklariga shikast yetgan. Haydovchiga tibbiyot birlashmasida tez tibbiy yordam koʻrsatilgan. Hozirda ahvoli yaxshi.

Haydovchilarga yana bir-bor murojaat qilib, uzoq yoʻlga chiqishdan oldin, dam olish lozimligini eslatamiz!

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech