Samarqandda o‘tkazilayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasidagi tadbirlar davomida xavfsizlik ta’minlanmoqda
Joriy yilning 30-oktabridan 13-noyabriga qadar Samarqand shahrida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti — YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Konferensiya doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida chet eldan tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarning yurtimizda erkin sayohat qilishi, shuningdek, ular xavfsizligini ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tadbirlarga jalb etilgan davlat xizmatchilari qatorida Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan ham sayyohlarning madaniy dam olishi, maroqli hordiq chiqarishi, qolaversa, hududlar tinchligi va osoyishtaligi ta’minlanishi doimiy nazoratga olingan.
Har bir hudud tinchligi, qolaversa har bir mehmon xavfsizligi xodimlar e’tiboridan chetda qolmaydi. Dunyo ahamiyatiga molik tadbirlarning nechog‘li ko‘tarinkilik bilan o‘tishini chet mamlakatlardan tashrif buyurgan turistlarning mamnunligidan ham bilib olish mumkin.
Bilamizki, Samarqand doimo anjumanlar og‘ushida. Bu muazzam maskanda bo‘lib o‘tadigan xalqaro festivallar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar bu azim shaharning jahon sahnida nechog‘li o‘rni katta ekanligidan dalolatdir.
.