12 Fevral 2024 yil 1010

“O‘zbekiston kubogi” musobaqasi yakunlandi

Samarqandda voleybol bo‘yicha U-14 o‘smir qizlar o‘rtasidagi “O‘zbekiston kubogi” musobaqasi yakunlandi.

Samarqandda respublikamizning 12 ta viloyatlaridan 200 nafarga yaqin sportchi qizlar voleybol turi bo‘yicha U-14 o‘smir qizlar o‘rtasidagi “O‘zbekiston kubogi” musobaqasida ishtirok etishdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda 3-o‘rin Jizzax, 2-o‘rin Samarqand va turnir g‘olibligi Namanganlik qizlarga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Text to speech