21 Avgust 2024 yil 1190

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Samarqandda o`rganishlar olib bormoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Baxodir Mirzarahimov mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi tantanalari hamda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari doirasida Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining xizmati bilan yaqindan tanishdi.

Bayramlar hamda xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadbirlar arafasida chet ellik mehmonlar xavfsizligini ta’minlash, shuning bilan birga ichki turizmni ham rivojlantirish borasida xodimlar bilan tushuntirishlar olib borildi.

Registon ansambli, Amir Temur maqbarasi, Xo‘ja Doniyor majmuasi va boshqa turizm maskanlarida bo‘lib, xavfsiz turizmni ta’minlash tizimi xodimlarining mehmonlarga hurmat va ehtiromni namunali darajada ko‘rsatish lozimligi xususida ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech