27 Mart 2025 yil 583

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan samarqandlik 7 nafar shaxslarga ID kartalari topshirildi

Inson istagan joyida istiqomat qilishi mumkin. Ammo uning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmasa, ko‘plab huquqlaran foydalana olmaydi. Buning oqibatida ular ko‘plab huquqlardan mahrum bo‘lib, hatto fuqarolik olishdan umidini uzib, hayotga bo‘lgan ishonchlari so‘ngandi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2025-yil 26-martda “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Insonparvarlik tamoyillariga yo‘g‘rilgan mazkur Farmon hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 22-bandi, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunining 4, 19, 21-moddalariga muvofiq Samarqand viloyatida yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan 7 nafar shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev hamda viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov ushbu shaxslarga fuqarolik hujjatini tantanali ravishda topshirdi. Ular Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning natijasida “O‘zbekiston fuqarosi” degan yuksak maqomga erishgandan juda ham xursandligini, kelgusida Vataniga sodiq fuqaro bo‘lib, yurt ravnaqiga o‘z xissasini qo‘shish niyatida ekanligini bildirdilar.

Bugun ularning quvonchi cheksiz. Zero, fuqarolik insonga yashash, ta’lim olish, tibbiy yordam xizmatidan foydalanish kabi bir qancha ijtimoiy huquq va manfaatlarini himoya qilish imkonini beradi. 


Text to speech