O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga nomzodlar tanlovi e’lon qilinadi
Samarqand viloyati IIBda bo‘sh bo‘lgan serjantlik lavozimlarini jamlash maqsadida IIV Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovini eʼlon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakulteti “serjantlik” yo‘nalishiga 4 ta mutaxassislik (Yo‘l-patrul xizmati, Jamoat tartibini saqlash faoliyati, Pasport tizimini taʼminlash xizmati va Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati) bo‘yicha o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovi 2025-yilning 07-iyul kunidan 2025-yilning 07-avgust kuniga qadar davom etadi.
Tanlov bosqichlari:
-hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
-umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;
-tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
-intellektual bilim darajasini baholash;
-yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
1. “Yo‘l-patrul faoliyati” yo‘nalishiga: oliy maʼlumotga ega bo‘lgan, bo‘yi 175 smdan past bo‘lmagan (erkaklar uchun);
2. “Jamoat tartibini saqlash faoliyati” yo‘nalishiga: oliy maʼlumotga ega bo‘lgan, bo‘yi 170 smdan past bo‘lmagan (erkaklar uchun), 165 smdan past bo‘lmagan (ayollar uchun);
3. “Pasport tizimini taʼminlash faoliyati” yo‘nalishiga: oliy maʼlumotga ega bo‘lgan, bo‘yi 165 smdan past bo‘lmagan (erkaklar uchun), 160 smdan past bo‘lmagan (ayollar uchun);
4. “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishiga: (sport sinovlari boshqa yo‘nalishlarga nisbatan kuchaytirilgan tarzda qabul qilinadi) o‘rta, o‘rta-maxsus yoki oliy maʼlumotga ega bo‘lgan, bo‘yi 165 smdan past bo‘lmagan (erkaklar uchun), 160 smdan past bo‘lmagan (ayollar uchun);
Yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan Samarqand viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
Fakultet yo‘nalishlariga nomzodlarni oliy taʼlim muassasasini tugatgan mutaxassisligi inobatga olingan holda ichki ishlar organlari uchun belgilangan talablar asosida qabul qilinadi.
Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:
• fuqarolik pasporti; (biometrik, ID-karta);
• harbiy guvohnoma asl nusxasi;
• bakalavr diplomi asl nusxasi (ilovasi bilan);
Manzil: Samarqand shahar, Bo‘stonsaroy ko‘chasi, 89-uy.
Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar: (66) 223-59-41