14 Iyun 2025 yil 273

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyi bitiruvchilarining tantanali bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi

Tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati hamda taklif etilgan jamoat tashkilotlari, bitiruvchilar va ularning ota-onalari hamda litsey pedagog xodimlari ishtirok etdi.

O‘qish davomida barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirgan, na’munali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan, o‘zining bilimi, intizomi hamda tirishqoqligi bilan ustozlarining o‘gitlariga qat’iy amal qilib kelgan bitiruvchilar alohida e’tirof etildi.

So‘zga chiqqanlar bitiruvchilarni tabriklab, mazkur bitiruvchi kurs o‘quvchilarining o‘qish jarayonida Respublika miqyosidagi sport musobaqalari hamda fan olimpiadalarida, turli ko‘rik-tanlovlar hamda jamoat ishlarida o‘zlarini har tomonlama ijobiy jihatdan qobiliyatlarini namoyon qilib kelganligini e’tirof etdi. 

Shuningdek, rahbariyat barcha bitiruvchilarni, ularning ota-onalarini va pedagog xodimlarini viloyat Ichki ishlar boshqarmasi nomidan tabriklab, barcha bitiruvchilarni kelajakda tanlagan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, ustozlari va ota-onalarining oldidagi ma’suliyatli vazifalarini uddalashiga ishonch bildirdi.


Text to speech