20 Iyul 2025 yil 874

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3-yanvardagi 1-sonli Qarori ijrosi bo‘yicha Kattaqo‘g‘ron shahrida amalga oshirilayotgan ishlar manzilli o‘rganildi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Kattaqo‘rg‘on shahrining “G‘aribmachit” mahallasi bo‘lib, hududdagi kriminogen vaziyat hamda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi. Unda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning salbiy oqibatlarini oldini olish, nizoli va ajrim yoqasidagi oilalar bilan ishlashda keksa-nuroniylarning ta’sirchanligini kuchaytirish, kirish-chiqish joylariga kuzatuv kameralari o‘rnatish haqida o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi. 

Boshqarma boshlig‘i mahalladagi qo‘riqlash tizimi, huquq-tartibot maskani, patrul-post xizmatlari faoliyati hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi. 

Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning asosiy sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Mahalla yettiligi xalq bilan muloqot chog‘ida yangicha ishlash mexanizmlarini samarali yo‘lga qo‘yishi hamda kriminogen vaziyatni yaxshilashi, aholi tomonidan yo‘llangan murojaatlarni o‘z vaqtida va qisqa muddatlarda bartaraf etishga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish,  xizmat samaradorligini oshirish va ishlarni yanada jadallashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligiga alohida urg‘u berildi.


Text to speech