Jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritish evaziga 1000 AQSh dollari olgan shaxs ushlandi
Joriy yilning 7-may kuni, Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi bilan xamkorlikda Kattaqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
1992-yilda tug‘ilgan, Kattaqo‘rg‘on shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan Sh.F. ariza muallifining 2 nafar tanishini 1000 AQSh dollari evaziga texnikumi direktorini moddiy manfaatdor etish orqali byudjetga o‘qishga joylashtirib berishini aytib, kelishilgan pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 211-moddasi 1-qismi bilan qo‘shimcha ayb e’lon qilingan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.