4 Mart 2024 yil 268

Jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik S.Abduhomidov hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.

Muhokamada viloyatning barcha shahar-tuman IIB boshliqlari ishtirok etib, bu borada amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hisobot berishdi.

Sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish, mahallalarda profilaktik tadbirlarni ko‘paytirish, jamoat joylarida xizmatni kuchaytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi.

Text to speech