27 Iyul 2024 yil 2222

Jinoyat muhokamasi o‘tkazildi

Oqdaryo tumanida fuqarolarning ichki ishlar xodimini urib, tan jarohati yetkazgani yuzasidan jinoyat muhokamasi o‘tkazildi. 

Unda Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Raxmat Mamatov, viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarov, tuman sektor rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etdi. 

Bugun jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga, unga qarshi kurashishga har bir fuqaro o‘z mas’ulligini his etishi lozim.

Muhokamada tuman faollari, mahalla ahli, keng jamoatchilik vakillari, imom xatib va nuroniylar ham ishtirok etdi. Bugun jinoyat sodir etishga moyilligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash, bu bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish mas’uliyatli vazifa hisoblanadi. Bunday vaziyatlarda barcha bir-birini tushunib xizmat olib borishi talab etiladi.

Jinoyatning sodir etilishidan hech kim manfaatdor emas, bilaks bu hamma uchun tashvish tug‘diradi. Jaxl ustida sodir etilgan jinoyat ko‘pchilikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi turgan gap.

Har qanday vaziyatda ham inson insoniyligini yo‘qotmasligi lozim. Muhokama davomida unda ishtirok etgan har bir fuqaro bu tuyg‘ularni chuqur his etib, o‘zlariga tegishli xulosa chiqarishdi.

Rahbarlar o‘z so‘zida shu kabi salbiy holatlarni bir-bir sanab o‘tdi. Har bir shaxs jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga o‘zini mas’ul deb hisoblashi lozim. Muhokama so‘ngida bildirilgan taklif va mulohazalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Text to speech