9 Dekabr 2023 yil 1952

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi ishlar muhokama qilindi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov huzurida viloyatda jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurash, jamoat tartibini sapqlash, osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek, “qizil” toifadagi mahallalarda “beshlik” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli muhokama qilindi.

Muhokamada boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari, shuningdek, videokonferensiya orqali barcha shahar va tuman hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari va xodimlari ishtirok etdilar.

Boshqarma boshlig‘i tomonidan hududlarda sodir etilayotgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularga omil bo‘layotgan shart-sharoitlar tanqidiy tahlil qilindi.

Jinoyatchilikni oldini olish maqsadida mahallalarda “xonadonbay”, “oilabay” va “fuqarobay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Text to speech