5 Mart 2024 yil
330
Jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish, uning oldini olish barcha zamonlarda ham asosiy vazifalardan hisoblangan
Turli jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, viloyat hududida kriminogen vaziyatni yaxshilashda ichki ishlar xodimlarining olib borayotgan xizmat faoliyati har vaqt ham muhim sanaladi.
Bu borada Qo‘shrabot tumanida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida batafsil so‘z yuritildi.
Unda tumanda jinoyatchilikning ahvoli, huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlar, xodimlar o‘rtasidagi xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilish masalalari tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.
Muhokama yig‘ilishi doirasida galdagi vazifalar ham belgilab olindi.