JINOYATCHILIKKA QARSHI MUROSASIZ HARAKAT
So‘nggi yillarda ichki ishlar organlarini chinakam xalqchil tuzilmaga aylantirish, aholi uchun barcha shahar va qishloqlarda xavfsiz yashash va mehnat sharoitini yaratish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Eng quyi bo‘g‘indagi vaziyat va muammolarni chuqur o‘rganish asosida har qaysi mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Pastdarg‘om tumani hokimi tuman IIB boshlig‘i hamrohligida tuman IIBda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi hamda ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida, profilaktika inspektorlari hududda jamoat xavfsizligini taʼminlashda aniqlangan muammoli masalalarni yechish choralarini ko‘rishi, tungi navbatchilik, qizil toifaga kiritilgan mahallalarda hamda kiberjinoyatchilikni oldini olish borasida aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish lozimligi yuzasidan fikr bildirildi.