12 Sentyabr 2023 yil 896

Jomboy tumani IIB tashabbusi: Dehqonobodda “qo‘l jangi” to‘garagi tashkil etiladi

Jomboy tumanining 3-sektor shtabida korxona va tashkilot mutasaddilari, ishchi guruh a’zolari, mahalla beshligi ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda yoshlar siyosati borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi muhokama etildi. Jumladan, “qizil” toifadagi yoshlar bilan ishlash borasidagi amaliy ishlarning natijadorligi, jumladan ularning bandligini ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish kabi yo‘nalishlarda erishilgan aniq natijalar tahlil qilindi.

Bundan tashqari, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarlik profilaktikasi yo‘nalishida aniq vazifa va topshiriqlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Tadbir doirasida Dehqonobod mahallasida yashovchi, “qizil” toifaga kiritilgan yoshlarning turmush tarzi, yashash sharoiti va muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari O‘ktam Xoliqov ishtirokida migratsiyadan qaytgan yurtdoshlarimizga birinchi navbatda e’tibor qaratilishi qayd etildi.

Sh.Erkinov “qo‘l jangi” sport turi bo‘yicha to‘garak ochib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga hissa qo‘shmoqchi ekanini bildirgan. Shu kunning o‘zida barcha zaruriy jihozlar, sport anjomlari yetkazib berildi.

Text to speech