12 Noyabr 2021 yil 432

Umummilliy aksiya: Jomboyda 203 ming tupdan ortiq daraxt ekildi

Jomboy tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi qizg‘iz davom etyapti. Jumladan, bugun Dehqonobod, So‘xmon, Eski Jomboy mahallalaridagi aholi xonadonlari va fermer xo‘jaligi ekin maydonlariga 8 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Qayd etish joizki, 2021-2022-yillar kuz-bahor mavsumida tumanda 1 million 203 ming tup mevali, manzarali nihollar o‘tqazish rejalashtirilgan. Shundan 451 ming tupi noyabr-dekabr oylarida ekiladi.

Ayni paytgacha qishloq xo‘jalagi, ijtimoiy soha obyektlari, qurilish, ta’lim muassasalari hududida 203 ming tupdan ortiq daraxt va buta nihollari o‘tqazildi.

Bundan tashqari, yo‘l yoqalariga qayrag‘och, terak, tok, tut kabi daraxt nihollari ekildi.

Tadbirlar barcha hududlarda davom etmoqda.

Text to speech