10 Noyabr 2023 yil 3829

JONGA DARMON -SHIFOKORLAR

Shifokorlik inson hayoti  bilan bog‘liq  mas’uliyatli, shu bilan bir qatorda sharafli kasb hisoblanadi. 

Aziz, jonga darmon shifokorlar!

Sizlar dunyodagi eng ulug‘ kasb egalaridan birisiz. Gippokrat qasamyodiga sodiq, o‘z ishingizga fidoyiligingiz va mashaqqatli mehnatingizni yuksak qadrlaymiz.


Azaldan inson biror dardga chalinganda avvalo, siz najot farishtalaridan umid kutadi, dardiga davo istaydi. 
Bor bilim va salohiyatingiz, tajribangiz, kuch-g‘ayratingizni inson sog‘ligini ta’minlashdek mashaqqatli va mas’uliyatli ishga safarbar etishingiz e’tirofga munosib. Siz kabi salomatlik posbonlarining  kuyunchakligi ila insonlarning hayoti asraladi, sog‘ligi mustahkamlanadi.

Qadrli, tibbiyot xodimlari!

Sizlarni Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi nomidan O‘zbekiston tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Bemorlarning darddan forig‘ bo‘lib, umr manzillarida sog‘lom va baxtiyor hayot kechirishi sizning shifoingiz, shirin so‘zingiz, malhamingiz tufayli. Ertangi kunga umid va ishonch uyg‘ota oladigan najot farishtalari-shifokorlar yonimizda bor ekansiz,  insonlar sog‘ va salomat yashaydi. Chehrangizdagi samimiylik, shirin so‘z va xushmuomalalik xasta ko‘ngillarga shifo bag‘ishlayversin. Oilaviy baxt, ko‘ngil xotirjamligi tark etmasin. Kasbingizdan doimo e’zoz toping.

 Rahmat Mamatov

Samarqand viloyat IIB boshlig‘i

 

 

Text to speech