10 Sentyabr 2024 yil 61

Joriy yilning 8 oyi 10 kuni mobaynida viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, xodimlar o‘rtasidagi xizmat intizomi masalalari tanqidiy muhokama qilindi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i huzurida tanqidiy-tahliliy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov huzurida joriy yilning 8 oyi 10 kuni mobaynida viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, xodimlar o‘rtasidagi xizmat intizomi masalalari tanqidiy muhokama qilindi.

Muhokamada viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etdi.

Jinoyatlarni oldini olish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sodir bo‘layotgan jinoyatlarning oldini olishda barcha birdek masʼul ekanini, lekin mahalla va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan yetarlicha ish olib borilmayotgani tufayli jinoyatchilik darajasi oshayotgani taʼkidlandi.

Tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan sohalar tanqid ostiga olinib, qattiq ogohlantirildi.

Yig‘ilish so‘ngida bu boradagi ustuvor vazifalar belgilandi.

Text to speech