Joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida viloyat hududida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning ahvoli, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni buzish holatlari masalalari muhokama qilindi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i
huzurida Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari,
tuman va shahar ichki ishlar organlari boshliqlari hamda shaxsiy tarkibi
ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Uni viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov boshqarib bordi.
Yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida viloyat hududida sodir
etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning ahvoli, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat
intizomi va qonunchilikni buzish holatlari masalalari muhokama qilindi.
Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov o‘z so‘zida sodir etilgan
jinoyatlar va ulardan oldi olinishi mumkin bo‘lganlari tegishli sohaviy xizmat
rahbarlarining mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yayotganligini aytib o‘tdi.
Muhokama so‘ngida, kelgusida viloyat ichki ishlar organlari tomonidan
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy tadbirlar, har bir yo‘nalish
bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.