10 Oktyabr 2024 yil 2491

Joriy yilning o‘tgan davri davomida sodir etilgan jinoyatlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi vazifalar muhokama etildi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov huzurida joriy yilning o‘tgan davri davomida sodir etilgan jinoyatlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi vazifalar muhokama etildi. 

O‘tgan davr mobaynida hududlardagi kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, “qizil” toifadagi mahallalarni xavfsiz hududga aylantirish, ichki ishlar xodimlari bilan “mahalla yettiligi” hamkorligini yanada kuchaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilish, korrupsiyaning oldini olish, ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik, belgilangan tartib va me’yorlarni buzmaslik to‘g‘risida tanqidiy va asosli fikrlar aytildi. 

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilish davomida har bir yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar batafsil muhokama qilindi.

Yig‘ilish so‘ngida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.


Text to speech