26 Mart 2025 yil 729

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida hududlarda sodir etilgan jinoyatlar sarhisob qilindi

Samarqand viloyat prokuraturasida Toyloq hamda Pastdarg‘om tumanlarida sodir etilgan jinoyatlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Unda hududlardagi jinoyatchilikning ahvoli, mazkur ishlarga bo‘lgan mas’ul shaxslar, shuningdek, jamoatchilik vakillari faoliyati keng muhokama etildi. 

Shuningdek, mahalla yettiligining hududlarda sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olishdagi vazifalari va majburiyatlari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilishda ushbu tumanlardagi ahvol qoniqarsiz ekanligi ta’kidlanib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbar va mas’ullar tanqid ostiga olindi. Ularning ayrimlariga nisbatan intizomiy ta’sir choralari ko‘rildi. 

Yig‘ilish so‘ngida keltirib o‘tilgan masalalar yuzasidan kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.


Text to speech