27 Mart 2024 yil 883

Yuzma-yuz qabulda eshitilgan murojaatlarning qonuniy yechimini ta’minlash borasida mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatovning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Fuqarolarning kundalik turmush tarzini tizimli ravishda o‘rganish, bu borada aniqlangan muammolarni manzilli bartaraf etish ishlarini jadallashtirish maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Rahmat Mamatovning navbatdagi fuqarolar  qabuli o‘tkazdi. 

Gulsanam Xolmatova qabul doirasida himoya orderi olish, Zamira Gʻoziyeva ichki ishlar tizimida xizmat qilayotgan farzandining ishini Toshkentdan Samarqand viloyatiga ko‘chirishda amaliy yordam so‘radi. Lobar Yangiboyeva esa mashina oldi-sotdi masalasi bo‘yicha qabuldan najot istab keldi. 

Yuzma-yuz qabulda eshitilgan murojaatlarning qonuniy yechimini ta’minlash borasida mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. 

Aytish joizki, o‘tkazilayotgan fuqarolar bilan qabullar aholining mavjud masala va muammolari ijobiy hal etilishi bilan birga ularning ertangi kunga ishonchini oshirishda ham samarali bo‘lmoqda.

Text to speech