Samarqandda afv etilganlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning "Оzodlikdan mahrum etish jazosini o'tayotgan, qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan bir guruh shaxslarni afv etish to'g'risida"gi PF-5933-son Farmoniga muvofiq, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan jazo muddatini o'tayotgan 58 nafar fuqaro afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 2 nafarini ayollar tashkil qildi.
41 nafar shaxs jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 3 nafariga tayinlangan jazo engilroq jazo bilan almashtirildi. 44 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilindi. Shuningdek, 14 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Jumladan, Samarqand viloyati bo'yicha jami 13 nafar fuqaro afv etilib, shundan, 4 nafarining jazo muddatlari qisqartirilgan, 9 nafari jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan.
Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik Sh.Raxmonov, hamda boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi afv etilgan 9 nafar fuqarolar hamda ularning oila a'zolari bilan uchrashuv o'tkazilib, ularning muammolari atroflicha o'rganildi hamda ushbu muammolarni ijobiy hal etish bo'yicha tegishli tashkilot va idoralar rahbarlariga topshiriqlar berildi.